Talaba-yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi
2026-04-24 18:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudi binosida Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudi raisi F. Amanov hamda sudyalar U. Ergashev, I. Tursunov va G. Xolmatovalar tomonidan Farg‘ona davlat universiteti talaba-yoshlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevralda qabul qilingan “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21-sonli Farmonining mazmun-mohiyati keng yoritildi.
Xususan, Farmonga muvofiq “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha 2023–2025-yillarda erishilgan samaradorlik ko‘rsatkichlari va o‘tkazilgan baholash natijalari asosida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan yangilangan strategiya tasdiqlangani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mazkur hujjatning qabul qilinishi maqsadlari va unda belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Davra suhbati yakunida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga sudyalar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

