Sog‘lom hayot — barqaror kelajak kafolati
2026-04-24 17:10:00 / Yangiliklar

Antinarko targ‘iboti — giyohvandlik vositalarining inson salomatligi, oila mustahkamligi va jamiyat rivojiga keltiradigan salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar majmuasidir. Uning asosiy maqsadi yoshlar va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda giyohvand moddalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishdan iborat.
So‘x tumanida ham mazkur yo‘nalishda targ‘ibot ishlari izchil olib borilmoqda. Xususan, yoshlar ishtirokida fleshmob va chellenjlar tashkil etilib, ular orqali sog‘lom hayot tarzining afzalliklari keng targ‘ib qilinmoqda.
Mazkur tadbirlar yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning ongida hayotga mas’uliyatli yondashuvni shakllantirish hamda jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati





