












So‘x tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Madinaxon Safarova tomonidan tumandagi Hushyor mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur qabul davomida jami 11 nafar fuqaro turli masalalar yuzasidan murojaat qildi. Murojaatlarning asosiy qismi bolalar nafaqasi tayinlash, tibbiy yordam olish hamda ish bilan ta’minlash masalalariga oid bo‘ldi.
Qabul jarayonida 4 nafar xotin-qiz maxsus platformaga kiritilib, ularning muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, 7 nafar fuqaroning murojaatlari tegishli hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda joyida ko‘rib chiqilib, amaliy yordam ko‘rsatildi hamda muammolar ijobiy hal etildi.
Sayyor qabul aholi muammolarini o‘rganish, ularga tezkor va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati