Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasi hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish choralari kuchaytirilmoqda
2026-04-20 14:35:00 / Yangiliklar

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli ta’minlash, ularni har qanday tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda jamiyatda bunday holatlarga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining mazkur yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirilgan holda samarali yo‘lga qo‘yish bo‘ycha bir qator amalga oshirildi.
Ushbu chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish va qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralarni belgilash maqsadida joriy-yilning 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayyollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi PF-33-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon bilan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish holatlarining (erta nikoh) oldini olishga erishish,
ota-onalarning o‘z voyaga yetmagan farzandlari uchun mas’uliyatini yanada oshirish hamda nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilik yoki nikoh tuzish tartibini buzishga oid huquqbuzarliklar latentligining oldini olish, qilmish uchun jazo muqarrarligini ta’minlash va bunday holatga tushib qolgan voyaga yetmagan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo zanjirni yaratish maqsadida erta nikoh va 16 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik bilan bog‘liq holatlar to‘g‘risida ichki ishlar organlari va «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga xabar berish majburiyati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hamda FHDYo organlari, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari hamda diniy idora vakillari zimmasiga yuklatildi, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va FHDYo organlari, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari hamda diniy idora vakillarining erta nikoh va
16 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik bilan bog‘liq holatlar hamda boshqa qonunbuzilishlar to‘g‘risida ichki ishlar organlari va «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga xabar bermasligi ularning ma’muriy javobgarlikka tortilishiga asos sifatida belgilandi, moliyaviy mustaqillikka erishgan va oila qurishga har tomonlama tayyor bo‘lgan yoshlar o‘rtasida nikoh tuzishni rag‘batlantirish ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish tizimini takomillashtirish orqali ularning sonini keskin qisqartirish, shuningdek, bunday holatga uchragan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish hamda oila va xotin-qizlar maskanlarida nikohlanuvchilarni «maishiy zo‘ravonliksiz baxtli oilaviy hayotga tayyorlash» maxsus kurslarida bepul o‘qitish bilan qamrab olish darajasini 2026-yilda 50 foizga, 2027-yilda 60 foizga va 2030-yilda 100 foizga yetkazish hamda ushbu kurslar sifati va ta’sirchanligini tubdan oshirish tartibini o‘rnatish belgilandi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab himoya orderi berilgan jabrlanuvchi xotin-qizlarning aloqa vositalariga (telefon, planshet va boshqa qurilmalar) Ijtimoiy himoya milliy agentligining tazyiq va zo‘ravonlik holatlari to‘g‘risida zudlik bilan xabar berish imkonini beruvchi («SOS» chaqiruv) «my.ihma.uz» mobil ilovasi ularning roziligi bilan o‘rnatish tartibini joriy qilish, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Odil sudlov akademiyasida xalqaro va milliy ekspertlarni jalb qilgan holda tergovchi va sudyalar uchun «Jinoyatdan jabrlangan ayollar va bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos protsessual jihatlari» maxsus o‘quv dasturini tashkil qilinishi, 2026-yil yakuniga qadar Ichki ishlar vazirligining jinoyat va hodisalarni ro‘yxatga olish bo‘yicha elektron tizimida erta nikoh va
16 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik bilan bog‘liq holatlar to‘g‘risida xabar berish imkonini beruvchi «Oʻsmir-signal» modulini ishlab chiqish, 2027-yil 1-yanvardan boshlab ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar, qoida tariqasida, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchilar va sudyalar tomonidan tergov qilinishi va ko‘rib chiqilishi, 2026-yil yakuniga qadar har bir hududdagi ish hajmidan kelib chiqqan holda kamida 1 nafar tergovchi va sudya xalqaro standartlarga asoslangan dastur asosida maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilishi hamda ular tomonidan ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka oid ishlar tergov qilinishi va ko‘rilishini ta’minlasin. Bunda qoida tariqasida maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazishda ayol tergovchi va sudyalarga ustuvorlik berilishiga e’tibor qaratilishi belgilandi.
U.X.Ergashev - Farg‘ona tumanlararo
iqtisodiy sudi raisi o‘rinbosari
sudya
