🌿 Mahalla — jamiyat tayanchi: So‘xda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
2026-03-24 07:30:00 / Yangiliklar
So‘x tumanidagi “Sohil” tantanalar saroyida mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va korxona-muassasalar hamda davlat idoralari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida ishtirokchilarni tuman hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Abdumajidov tabriklab, mahallalar “yettligi” faoliyatini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarni tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Qosimjon Rahimberdiev hamda tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Rashidjon Mamajonov tabrikladilar.
Joriy yilda So‘x tumanidan Sharqobod mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Manzuraxon Turdieva “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi va ushbu mukofot tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida mahalla sohasida faoliyat olib borayotgan “yettlik” vakillari hamda hamkor tashkilotlar vakillariga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
📍 So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati










