📍 SO‘X TUMANI: TABIAT, QADRIYAT VA IMKONIYATLAR UYG‘ONISHI
2026-03-18 16:15:00 / Yangiliklar
So‘x tumani o‘zining betakror tabiati, boy milliy urf-odat va an’analari, yuksak qadriyatlari hamda mahalliy aholiga xos mehmondo‘stligi bilan ajralib turadigan hududlardan biri hisoblanadi. Shu bois, bu qadimiy va go‘zal maskanga bugungi kunda atrofdagilarning e’tibori tobora ortib bormoqda.
Ayni paytda tumanning turizm salohiyati ham izchil rivojlanib bormoqda. Shu munosabat bilan So‘x tumani Respublikamizning istiqbolli turizm maskanlari ro‘yxatiga kiritildi.
Bugun “XUMO DOKUMENTARY MEDIA GROUP” MChJ vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Unda jurnalistlar va media vakillari tumanimizning diqqatga sazovor hududlarida bo‘lib, uning turizm salohiyati, milliy qadriyatlari va o‘ziga xos jihatlari haqida materiallar tayyorlamoqdalar.
Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — So‘x tumanini keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyat e’tiboriga olib chiqishdir. OAV vakillari ishtirokidagi o‘rganish va ijodiy ishlar juma kuniga qadar davom etadi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati









