YOSHLAR MUROJAATI E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYAPTI: YANA BIR MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
2026-03-17 07:10:00 / Yangiliklar
“Yoshlar kuni” doirasida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar yoshlarning muammolarini tinglash va ularga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Demurasad mahallasidagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da 11-sinf o‘quvchisi Mehrona To‘xsanboyeva tikuvchilikka bo‘lgan qiziqishi va oilaviy korxona faoliyatini rivojlantirish uchun tikuv mashinasi zarurligini bildirgan edi.
Mazkur murojaat tezkorlik bilan ko‘rib chiqilib, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Qosimjon Rahimberdiyev hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Isojon Mastonov tomonidan ijobiy hal etildi.
Yosh hunarmandga zamonaviy tikuv mashinasi topshirildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati



