🔹 SO‘X TUMANIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2026-03-13 13:10:00 / Yangiliklar
So‘x tumanida jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
Tuman IIB huzuridagi qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida mahallalar, savdo shoxobchalari hamda aholi gavjum hududlarda fuqarolar bilan ochiq muloqot va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida fuqarolarga shaxsiy va mol-mulk xavfsizligini ta’minlash, xonadon va tadbirkorlik obyektlarini texnik qo‘riqqa topshirish, shuningdek signalizatsiya va videokuzatuv tizimlaridan foydalanish orqali xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.
Shu bilan birga, aholining murojaatlari tinglanib, xavfsizlikni ta’minlashga oid taklif va mulohazalar o‘rganilmoqda.
Mazkur profilaktik tadbirlar tumanda osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati








