🌸 Ayol – hayot gultoji, xonadonlarimiz fayzi va jamiyatimiz tayanchidir
2026-03-09 07:50:00 / Yangiliklar
Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Uztelecom jamoasida mehnat qilib kelayotgan aziz ayol xodimlarimizga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.
Korxonamizda faoliyat yuritayotgan ikki nafar ayol xodimimiz har doim jamoada o‘zining mas’uliyati, mehnatsevarligi va samimiyligi bilan ajralib turadi. Bayram munosabati bilan ular samimiy tabriklanib, korxona jamoasi tomonidan minnatdorchilik ramzi sifatida kamtarona sovg‘alar topshirildi, – deydi mazkur tizim rahbari Xusravjon Sherov.
Aziz va muhtaram ayollarimizni yana bir bor ushbu go‘zal bayram bilan tabriklaymiz. Ularga sihat-salomatlik, baxt-saodat va ish faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🌷 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati





