So‘x tumanida jinoyatchilikning oldini olish va “Qo‘riqlash” xizmati afzalliklarini targ‘ib qilish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi
2026-03-06 07:30:00 / Yangiliklar
So‘x tumani qo‘riqlash bo‘limi xodimlari hamda tuman ichki ishlar bo‘limi mas’ullari hamkorligida tuman markazida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Targ‘ibot ishlari davomida fuqarolarga “Qo‘riqlash” xizmatiga ulanish tartiblari, ushbu xizmatning imkoniyatlari va afzalliklari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Jumladan, zamonaviy signalizatsiya uskunalari, texnik xizmat ko‘rsatish hamda to‘lov imkoniyatlari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida aholi, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Mazkur tadbirlar jinoyatchilikning oldini olish bilan bir qatorda aholi o‘rtasida “Qo‘riqlash” xizmatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, fuqarolarni sohadagi yangiliklardan xabardor qilishga xizmat qilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati





