E’LON!
2026-03-03 16:30:00 / Yangiliklar
Hurmatli fuqarolar!
Ertaga, 4 mart, chorshanba kuni, soat 14:00 da So‘x tumani Tul mahalla fuqarolar yig‘inidagi mahalla binosida So‘x tumani hokimi o‘rinbosarlari hamda tumandagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.
Siz sayyor qabul davomida o‘zingizni qiynayotgan muammoli masalalar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin bo‘ladi.
🕒 Vaqti: ertaga, 4 mart, chorshanba kuni soat 14:00 da.
📍 Manzil: So‘x tumani Tul mahalla fuqarolar yig‘ini binosi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

