🐟 So‘xda zamonaviy baliqchilik klasteri barpo etilmoqda
2026-02-18 17:20:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda tumanimizda baliqchilik sohasini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Ravon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Soyako massividan zamonaviy baliqchilik klasteri tashkil etish ishlari boshlandi.
📌 Loyiha haqida qisqacha:
• Daryo bo‘yidagi 15 gektar maydonda har biri 0,5 gektardan iborat 30 ta baliqchilik xo‘jaligi tashkil etiladi.
• Jami investitsiya hajmi – 40,0 mlrd so‘m.
• Byudjet mablag‘i ehtiyoji – 5,8 mlrd so‘m.
• Infratuzilma doirasida 1 ta transformator, 150 ta beton tayanch ustuni va 150 ta ko‘cha chirog‘i o‘rnatiladi.
• 3 km avtomobil yo‘li qurilib, 1 km daryo qirg‘og‘i mustahkamlanadi.
📊 Kutilayotgan samara:
• 10 ta yangi tadbirkorlik subyekti faoliyat boshlaydi.
• 90 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
• Byudjetga yiliga qo‘shimcha 600 mln so‘m soliq tushumi ta’minlanadi.
Qurilish ishlarini 2026 yil yakuniga qadar to‘liq yakunlash rejalashtirilgan.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

