Navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-02-17 10:40:00 / Yangiliklar
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining So‘x tumani Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi qabul tashkil etildi.
Qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari Sodiqjon Murzoyev hamda Madinaxon Safarova ishtirok etib, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan bildirilgan murojaatlarni tingladilar.
Qabul jarayonida har bir murojaat atroflicha o‘rganildi. Bayon etilgan masalalar mutasaddi idoralar rahbarlari tomonidan nazoratga olindi hamda murojaatlarning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolariga joyida yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati







