So‘x tumani hokimi fuqarolarni qabul qildi
2026-01-15 10:50:00 / Yangiliklar
Bugun So‘x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev tomonidan tuman idora va tashkilot rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti So‘x tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida murojaati va muammosi bo‘lgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va shikoyatlari birma-bir tinglandi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, qabulga kelgan murojaatlar asosan davolanish uchun moddiy yordam ko‘rsatish, uy-joy bilan ta’minlash, elektr va tabiiy gaz ta’minoti, yer va kadastr masalalari hamda boshqa yo‘nalishlarda bo‘ldi.
Hokim Sayidbahrom Sayidmusaev ta’kidlaganidek: “Har bir murojaat zamirida inson taqdiri yotganini unutmasligimiz kerak. Shu bois har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashish talab etiladi.”
Qabul jarayonida ayrim murojaatlar joyida hal etildi, ayrim fuqarolarga esa huquqiy tushuntirishlar berildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati










