E’LON!
2026-01-13 20:05:00 / Yangiliklar
So‘x tumani aholisi diqqatiga!
So‘x tumani hududida so‘nggi kunlarda internet tezligining pasayishi kuzatilmoqda. Ushbu muammo Respublika miqyosidagi mas’ul tashkilotlarga yetkazilgan bo‘lib, ayni paytda uni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tumanda internet tarmog‘ini modernizatsiya qilish ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 16-yanvar, juma kuni, soat 00:00 dan 06:00 gacha So‘x tumani hududida internet va aloqa tarmoqlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aholidan tushunish bilan qabul qilishlarini so‘raymiz.
Hurmat bilan, “Uzbektelekom” AK So‘x tumani bo‘limi ma’muriyati

