Soʻxlik nuroniylar uchun dam olish sayohati
2025-12-06 11:55:00 / Yangiliklar

Yurtboshimizning joylarda ichki turizmni rivojlantirish va “Nuroniy” jamg‘armalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qator tashabbuslari doirasida Soʻx tumani nuroniy jamg‘armasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Soʻx tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi oʻrinbosari Abdushukur To‘raboev rahbarligida bir guruh faol nuroniylar joriy yilning 4 dekabr kuni Namangan shahriga bir kunlik sayohatga olib chiqildi. Sayohat jadvali Farg‘ona viloyati “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida amalga oshirildi.
Sayohat davomida nuroniylar Namangan shahar muzeyi, ziyoratgohlar va dam oling bog‘lari bo‘ylab tashrif buyurib, maroqli va yorqin dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Barcha ishtirokchilar hukumat rahbarlari, “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqarmasi hamda viloyat “Nuroniy” jamg‘armasiga minnatdorlik bildirdilar.
Mazkur tadbir nuroniylarimizning dam olishini tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Soʻx tumani hokimligi Axborot xizmati






