Nuroniylar ibrati
2025-10-13 14:50:00 / Yangiliklar

Supa ustida nabirasini sochini o‘rayotgan onaxonning oltinga teng nasihatlari, duosi bilan farzandlarini ishga, nabiralarini o‘qishga kuzatayotgan piru-badavlat nuroniylarimizning so‘zi hikmat, o‘zi ibrat.
Sho‘rchi tumanida "O‘n yoshga bir nuroniy mas’ul" mavzusida tashkil etilgan tadbirda har bir sohada mehnat qilib, yurtimiz rivojida o‘z hissasini qo‘shgan nuroniylarimiz faollik ko‘rsatishdi. Ular sport va san’at borasida ham o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi.
-Yoshlikda qalbda qanday chaqnagan bo‘lsa, keksayganda ham yurakning eng nozik qatlamini yoritib turadi. Bu muqaddas Vatan tuyg‘usidir, deydi O‘rol Cho‘tboyev.- Vatan insonning bebaho ma’naviy suyanchi, hayot yo‘lini yo‘naltiruvchi ma’naviy qutbidir. Inson dunyoga kelib, ongu shuurini anglab, shaxs sifatida kamol topishi, orzu- umidlarini ro‘yobga chiqarishi uchun Vatanning o‘rnini hech narsa bosolmaydi.
Albatta, nuroniylarimiz xalqimizning birdamligi, yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida faol bo‘lishmoqda.






