Paxta terimi avjida
2025-09-03 14:55:00 / Yangiliklar

Paxta milliy boyligimiz. Uni o‘z vaqtida yig‘ib olish uchun dehqonlar uyushqoqlik bilan harakat qilmoqda.
Sho‘rchi tumanida ham yig‘im-terim mavsumi jadal suratlarda davom etmoqda. Terim mavsumida faollik ko‘rsatayotgan ilg‘or terimchilar rag‘batlantirilmoqda.
– Yaxshi niyatlar bilan erta bahorda 40.6 gektar yerga “baraka urug‘i”ni qadagan edik. Shukrkim, bugun dalalarimizda hosil mo‘l, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari Bahodir Zulfiqorov. – Biz a’zolarimiz bilan birgalikda 170 tonna paxta xirmonini yetishtirishga astoydil intilmoqdamiz. Paxta terimi avjida, 100-120 nafar terimchilarimiz kuniga 110-120 kilogramdan paxta terishmoqda. Hademay, zafar marrasini ham zabt etamiz.
"Zulfiqor-333" fermer xo‘jaligining dalasida bo‘lgan tuman hokimi faol terimchilarni rag‘batlantirdi.





