Ochiq muloqot
2025-08-30 14:55:00 / Yangiliklar

Sho‘rchi tumani hokimi, sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlar va mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda, ijro intizomi, mahallalar hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, fuqarolarning murojaatiga o‘z vaqtida javob berish, muammo va takliflarini o‘rganish borasida so‘z yuritildi.
Tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlar va mutaxassislar zimmasidagi vazifasiga mas’uliyat bilan yondashib, astoydil mehnat qilsa, ijro intizomiga amal qilsa, faoliyatimizda ijobiy o‘zgarish, rivojlanish bo‘lishini, shuningdek, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida ta’kidladi
Albatta, tartib-intizom har joyda zarur. Ezgu maqsadga ham, yuksak samaradorlikka ham tartib-intizom tufayligina erisha olamiz. O‘z navbatida, har bir davlat organining vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda ijro intizomi muhim o‘rin egallaydi.





