Maqsad yoshlarni qo`llab-quvvatlash
2025-08-21 10:55:00 / Yangiliklar

Sho‘rchi tumanidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni muammolarini o‘rganib, ijobiy hal qilish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni maqsad qilgan yoshlarga imtiyozli kredit ajratilib, bandligi ta’minlanmoqda.
Tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev boshchiligida o‘tkazilgan davra suhbatida tashkilotlarga biriktirilgan yoshlarni muammolarini o‘rganish va ijobiy hal qilish borasida so‘z yuritildi.
Shuningdek, har bir yoshning muammosi, taklif va murojaati o‘rganilib, hamkorlikda ijobiy hal etilishi alohida ta’kidlandi


