amaliy seminar
2025-05-21 16:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri - fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2025 yil 16 yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasi aholisini va xududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2024 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2025 yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida"gi 1-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash bo‘yicha Sho‘rchi tumanida aholi o‘rtasida Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligining tarqalishining oldini olish mavzusida amaliy seminar, maxsus o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Qrim Kongo gemorragik isitmasi kasalligiga gumon qilinganda harakatlanish tartibi, kuch va vositalarni safarbarligi bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilishi, kasallikni erta aniqlash, o‘z vaqtida diagnostika qilish, profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlari o‘tkazildi.
Amalga oshirilgan tadbirlar viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan tadbirlarning samaradorligi e’tirof etildi.







