Kitob haftaligi
2025-04-24 10:25:00 / Yangiliklar

Kitobning inson qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, odamlarda mehr-oqibat tuyg‘ularini kamol toptirishdagi o‘rni haqida to‘xtalib, kitob o‘qigan kishining ma’naviyati yuksalib, dunyoqarashi kengayib boraveradi.
Sho‘rchi tumani axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlarga start berildi. Haftalik doirasida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda
– Men mazkur kutubxonaning doimiy a’zosiman, shuning uchun tez-tez kelib turaman. Bu yerda kitobxonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. – deydi 71-umumta’lim maktabi direktori Gulchehra Bozorova. – Izlagan barcha kitoblarni shu yerdan topaman. Bunda menga yo‘nalishlar bo‘yicha shu yerda ishlayotgan kutubxonachilar yordam beradi. Men ham bu yilgi “Kitobxonlik haftaligi”da ishtirok etmoqdaman. Albatta, haftalik doirasida yangi nashrdan chiqqan kitoblar bilan tanishamiz. Ularni mutolaa qilamiz.
Sho‘rchi tumani axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.



