Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi, ta’limda-chi?
2025-04-12 17:15:00 / Yangiliklar

Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi, ta’limda-chi?
Yoxud ikkalasida ham tanaffus bo‘lmaydi
Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar va o‘quvchilarning kiyinish madaniyati, o‘quvchilarning davomati, umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish borasida so‘z yuritildi.
Bolaning begonasi bo‘lmaganidek, har bir o‘quvchining ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanish barobarida, uning ma’naviy dunyoqarashini oshirish, kasb-hunarga yo‘naltirish darkor. Voyaga yetmagan o‘g‘il-qizlarimizning asosiy burch va vazifalari nimalardan iborat ekanligini tushuntirish, ularni nazorat qilish har bir umumta’lim maktablarida mehnat qilayotgan mas’ullarning asosiy va bosh maqsadidir. Zero, ta’limda ham tarbiyada ham tanaffus bo‘lmaydi.
Ta’lim bilan bir qatorda tarbiyani ham shakllantirish, o‘quvchilarning tarbiyasi bilan shug‘ullanishga bag‘ishlangan yig‘ilishda tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev ham ishtirok etdi.









