Aholini tomorqadan samarali foydalanishi uchun quyosh panellari o‘rnatilmoqda
2025-04-04 11:15:00 / Yangiliklar

“Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (191-son, 28.03.2025 y.) qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq Sho‘rchi tumani yangi tashabbuslar bilan maydonga chiqmoqda. Suv tanqisligi sababli tomorqasidan yiliga bir martagina hosil olish imkoniyati bo‘lgan “Joyilma", "Baxshtepa-1", "Oynako‘l", “Olatemir” va "Tolli" mahallalarida yashovchi aholi tomorqasidan endilikda bir yilda 2-3 marotaba hosil olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Mazkur mahalla aholisining tomorqadan unumli foydalanishi, sifatli va mo‘l hosil olishi uchun har bir mahallaga 20 quvvat bo‘lgan 2 ta quduqda quyosh panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
-O‘zi aholimizning aksariyati tomorqasidan juda samarali foydalanish uchun issiqxonalar tashkil etishgan -deydi “Baxshtepa-1” mahallasining raisi Bozor Primov. - Issiqxona tomorqalaridan foydalanishning samarali usulidir. Fuqarolarimizni tomorqadan ko‘proq foydalanib, sifatli hosil olishi uchun suv biroz muammo edi. Suv chiqishi uchun quduq qazilib, quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Ushbu sharoitlarning barchasi aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Albatta, mazkur chora-tadbirlar aholining tomorqadan samarali foydalanishi va oilaviy daromadini oshirishga qaratilgan






