SURXONDARYO VILOYATI FAVQULODDA VAZIYATLAR BOŞQARMASI BOŞLIĞINING AHOLIGA MUROJAATI «KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — XAVFSIZ XONADON GAROVI»
2026-11-16 09:15:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Hurmatli yurtdoşlar!
Kuz-qiş mavsumida havo haroratining pasayişi bilan xonadonlarda isitiş moslamalari, gaz va elektr jihozlaridan foydalaniş yanada ortadi. Bu esa yonğin, is gazidan zaharlaniş hamda gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi bilan boğliq favqulodda vaziyatlarning oldini olişda har birimizdan alohida eʼtibor va masʼuliyatni talab etadi.
Şu bois, sovuq kunlar boşlanişidan avval xonadoningizdagi isitiş peçlari, gaz va elektr jihozlari, möri hamda dudburonlarning texnik holatini tekşirib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf eting. Möri va dudburonlarni öz vaqtida tozalaş, gaz jihozlaridan foydalanişda xavfsizlik talablariga rioya qiliş, nosoz yoki qölbola isitiş moslamalaridan foydalanmaslik — hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining muhim kafolatidir.
Ayniqsa, yoş bolalar, keksalar va boşqa oila aʼzolarini isitiş moslamalaridan xavfsiz foydalaniş qoidalariga qatʼiy amal qilişga çaqiraman. Xonadonlarda yonğin xavfsizligi talablariga rioya etiş, gaz sizib çiqişining oldini oliş, elektr tarmoqlariga ortiqça yuklama bermaslik va favqulodda holat yuzaga kelganda darhol 112 yagona tezkor raqamiga murojaat qilişni unutmang.
Kuz-qish mavsumini xotirjam va xavfsiz ötkaziş — avvalo özimizning eʼtiborimiz va masʼuliyatimizga boğliq. Xavfsiz xonadon — osoyişta oila garovidir!
Surxondaryo viloyati
Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği, polkovnik Ş. Şukurov
