Mas’uliyat va natija — asosiy talab
2026-10-26 11:55:00 / Yangiliklar

Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev tumanni obodonlashtirish, kunlik ish ko‘rsatkichlarini ta’minlash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalariga to‘xtaldi.
Har bir davlat xizmatchisi o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi va kunlik natijalarga e’tibor qaratishi lozimligi ta’kidlandi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etish choralarini ko‘rish zarurligi qayd etildi.
Tuman hududini obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash va aholi muammolariga befarq bo‘lmaslik har bir mas’ulning asosiy vazifasi ekani ta’kidlandi.





