YOSHLAR KELAJAGI UCHUN — TA’LIMGA E’TIBOR, IMKONIYATLARGA KENG YO‘L!
2026-10-15 15:55:00 / Yangiliklar

Bugun yoshlarga yaratilgan sharoit — ertangi kun taraqqiyotiga qo‘yilgan mustahkam poydevor, ularning orzu-umidlariga ochilgan imkoniyatlar eshigidir. Zero, har bir yoshning qalbida katta maqsadlar, ezgu orzular va kelajakka bo‘lgan ishonch mujassam.
Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev tumandagi 2-sonli texnikumga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida yoshlarning zamonaviy bilim olishi, tanlagan kasbini puxta egallashi, o‘z iste’dodi va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud muammolar va ehtiyojlar o‘rganilib, ularni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi tuzildi.
Kasb-hunar egallayotgan har bir yosh — yurtimizning ertangi kuni, oilasining suyanchi, jamiyatning faol bunyodkoridir. Ularning sifatli ta’lim olishi, kasbiy mahoratini oshirishi va hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun yaratilgan har bir imkoniyat kelajak sari tashlangan muhim qadamdir.






