RASMIY MUNOSABAT
2026-10-15 13:55:00 / Rasmiy munosabatlar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Sho‘rchi tumani chorrahasidagi lotokdan chiqayotgan...” mazmunida qoldirilgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Mazkur murojaat mas’ul tashkilotlar tomonidan nazoratga olinib, unda ko‘rsatilgan holat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish natijasida tegishli tashkilotlar xodimlari hamkorligida chorrahadagi lotoklarda to‘planib qolgan chiqindilar olib chiqildi va hududning sanitariya holati tartibga keltirildi.
Shuningdek, piyodalar yo‘lagida joylashgan noqonuniy savdo rastalari bartaraf etilib, piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.
Hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini ta’minlash, fuqarolar uchun qulay muhit yaratish hamda jamoat joylaridan belgilangan tartibda foydalanish bo‘yicha tegishli ishlar davom ettirilmoqda.
