KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: TA’LIM MUASSASALARIGA YANGI ISITISH QOZONLARI YETKAZILDI
2026-10-13 15:35:00 / Yangiliklar

Sho‘rchi tumanida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, ijtimoiy soha obyektlari, xususan, umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar uchun munosib sharoit yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev tashabbusi bilan ishchi guruh tomonidan ta’lim muassasalarining isitish tizimlari o‘rganilib, mavjud muammolar tahlil qilindi va ta’lim muassasalariga yangi, zamonaviy isitish qozonlari yetkazib berildi.
Sho‘rchi tumanida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish va aholi, ayniqsa, yosh avlod uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.




