Sho‘rchi tumani prokurori Jumanazar Xursanovning tuman aholisiga MUROJAATI
2026-10-05 13:55:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum, hurmatli tumanimiz aholisi. Yaratilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, ilm-fan va sportda yuksak natijalarga erishayotgan hamda nafaqat yurtimiz balki, butun dunyoga mashhur maktab o‘quvchilari, yoshlar, qizlarimiz borligi quvonarli, albatta.
Hozirgi kunda internet global tarmog‘idan barchamiz keng foydalanamiz. Internet tarmog‘idan noto‘g‘ri foydalanish natijasida fuqarolar, ayniqsa yoshlarning ko‘p vaqti keraksiz kontentlarni ko‘rish uchun sarflanmoqda, hattoki jinoyatlardan jabrlanishiga sabab bo‘lmoqda.
Yaratilgan keng imkoniyatlarga qaramasdan tumanimizda voyaga yetmaganlar, yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan jinoyatlar sodir etildi. Jumladan, 2026 yilning 9 oyida voyaga yetmaganlar 10 ta, yoshlar tomonidan 24 ta jinoyat sodir etilgsn. Sodir etilgan 152 ta jinoyatlaring aksariyat qismi muqaddam sudlangan, o‘quv maskanlari, guruhlar, xotin-qizlar hamda ishlamaydigan va o‘qimaydiganlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Xalqimiz azalдан xotin-qizlarimizga hurmat ko‘rsatib keladi, bu davlat siyosatida ham o‘z aksini topib, oilalardagi muhitni yaxshilash, ayniqsa ayollar muammolarini o‘rganib, hal etish mexanizmi yaratilgan. Ammo, o‘tgan davrda ayollar tomonidan 7 ta jinoyat sodir etilib, oʻtgan yilga nisbatan 2 taga koʻpaygan, Shu bilan birga, tumanimizda ishlamaydiganlar tomonidan ham 11 ta, muqaddam sudlanganlar tomonidan 10 ta jinoyatlar sodir etildi.
Eng achinarlisi, joriy yilning 9 oyida tumanda oʻgʻirlik jinoyati 22 ta sodir etilib, 7 taga koʻpaygan.
Davlatimiz rahbari jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirishni ustuvor vazifa etib belgilab berganlar.
Islohotlar natijasida yaratilgan shart-sharoitlardan juda ko‘plab yoshlar unumli foydalanib, avvalo o‘z oilasi va yurtimiz rivojiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shmoqda. Shunga qaramasdan ayrim yoshlar noto‘g‘ri yo‘lga kirib, jinoyat sodir etmoqda.
🗣Hurmatli yurtdoshlar!
Xalqimiz bilan birga berilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, aholining har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish orqali yanada ijobiy natijalarga erishishimiz zarur.
