Xavfsiz hudud — xotirjam xalq — farovon jamiyat
2026-09-14 14:25:00 / Yangiliklar

Sho‘rchi tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Nurimbek Narzullayev tomonidan profilaktika inspektorlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-sentabrdagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga yangicha ishlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.
Aholi ishonchini oqlash va xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan ushbu qator muhim yangilik va imkoniyatlarni taqdim etadi.
Profilaktika inspektorlarining maqomi va vakolatlari kengaymoqda. Xususan, profilaktika inspektorlariga 17 turdagi huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy ogohlantirish berish, 4 turdagi yo‘l qoidalarini buzish hamda 9 turdagi IIB boshlig‘i vakolatidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo qo‘llash bo‘yicha mustaqil chora ko‘rish vakolatlari berildi.
Mazkur yangiliklar profilaktika inspektorlarining mas’uliyatini yanada oshirish bilan birga, joylarda jamoat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini ishonchli himoya qilishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.







