Rasmiy munosabat
2026-07-20 10:05:00 / Rasmiy munosabatlar

Ijtimoiy tarmoqlari orqali “Sho’rchi tumanidagi fuqaroning uy-joyi buzilishidan havotirdaligi” sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o’rganildi.
◼️O‘rganishlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekkosmos agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida 2026-yilda Sho‘rchi tumani “Joyilma” mahallasida o‘tkazilgan davlat yer nazorati tadbirlari jarayonida fuqaro M.O.P. tomonidan davlat zaxirasida bo‘lgan 400,0 kv.metr yer maydoni 2023-yildan buyon o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, mazkur hududda uy-joy qurilgani aniqlangan.
◼️Aniqlangan holat yuzasidan Kadastr agentligi Sho‘rchi tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy egallangan yer maydoni va undagi qurilmani ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan fuqaroga ogohlantirish berilgan.
◼️Shuningdek, mazkur huquqbuzarlik yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60-moddasi 3-qismi asosida ma’muriy ish yuritilib, bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan. Fuqaroning yozma tushuntirishi ham belgilangan tartibda olingan.
◼️Shundan so‘ng, noqonuniy egallangan davlat zaxirasidagi yer maydoni va unda qurilgan uy-joyni majburiy tartibda buzdirish hamda yer maydonini asl holatiga keltirish maqsadida Kadastr agentligi Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
◼️Natijada, 2026-yil sentyabr oyida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan fuqaro M.O.P. tomonidan Sho‘rchi tumani “Joyilma” mahallasida davlat zaxirasidagi 400,0 kv.metr yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyni javobgar hisobidan majburiy tartibda buzdirish hamda yer maydonini asl holatiga keltirish belgilangan.
🟪 Ayni vaqtda mazkur sud qarori ijrosi ta’minlanmagan, ya’ni ushbu uy-joy hozirda buzilmagan.
📃 Ma'lumot uchun, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 01-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko'rib chiqilishi belgilangan.
