Bolajonlar kulgusi yangragan yangi maskan
2026-07-06 18:50:00 / Yangiliklar

Shoʻrchi tumanida 90-o‘rinli 51-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat boshladi.
Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan ushbu taʼlim dargohida bolajonlarning kamol topishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Yorugʻ va shinam xonalar, zamonaviy jihozlar, qiziqarli mashgʻulotlar hamda malakali pedagoglar mehnati bolalarning bilim olishi va iqtidorini namoyon etishiga xizmat qiladi.
Bu dargohda yangrayotgan begʻubor kulgular, quvonchga toʻlgan koʻzlar va orzuga toʻla qalblar ertangi kunning porloq kelajagidan darak bermoqda. Har bir bolaning baxtli bolaligi, sifatli taʼlim va mehr-eʼtibor muhitida kamol topishi yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
51-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining faoliyat boshlashi Shoʻrchi tumanida taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtiborning yana bir amaliy ifodasi boʻlib, yuzlab bolajonlarning baxtli kelajagi sari tashlangan muhim qadamdir.









