Tashabbusli byudjet
2026-07-06 16:05:00 / Yangiliklar
Sho‘rchi tumani Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasining 2026-yil 2-chorak yakuniga ko‘ra jami 18 584 164 075 (o‘n sakkiz milliard besh yuz sakson to‘rt million bir yuz oltmish to‘rt ming yetmish besh) so‘m mablag‘ shakllangan.
Shundan yil boshiga qoldiq- 609 940 089 (olti yuz to‘qqiz million to‘qqiz yuz qirq ming sakson to‘qqiz)so‘m,
Tuman budjetining ajratiladigan mablag‘lar-15 178 736 000 (o‘n besh milliard bir yuz yetmish sakkiz million yetti yuz o‘ttiz olti ming) so‘m,
Tuman budjetining joriy yil boshga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larining 30 foizi miqdorida ajratilgan mablag‘lar-129 299 000 (bir yuz yigirma to‘qqiz million ikki yuz to‘qson to‘qqiz ming) so‘m,
Tuman byudjetining chorak yakuniga daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratilgan mablag‘lar -1 720 700 000 (bir milliard yetti yuz yigirma million yetti yuz ming) so‘m,
Tashabbusli budjet loyihasining avvalgi mavsumlarda g‘olib loyihalar uchun ajratilgan mablag‘lardan iqtisod qilingan mablag‘lar-945 488 986 (to‘qqiz yuz qirq besh million to‘rt yuz sakson sakkiz ming to‘qqiz yuz sakson olti) so‘m mablag‘lar kelib tushgan.
Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashining 2026-yil 31-mart VII-18-28-8-120-K/26-sonli qaroriga asosan, har bir loyiha uchun alohida shaxsiy g’azna hisob raqamlari ochilib, kengash qaroriga asosan mablag’lar to’liq ajratildi
