Fuqarolar qabuli — inson dardiga quloq tutilgan manzil
2026-06-20 12:25:00 / Yangiliklar

Fuqarolar qabuli — bu shunchaki rasmiy uchrashuv emas, balki odamlarning orzu-umidi, tashvishi va ishonchi jam bo‘ladigan muhim muloqot maydonidir.
Sho‘rchi tuman hokiminining birinchi o‘rinbosari M. Chorshanbiyev boshchiligidagi qabul davomida har bir murojaat ortida turgan inson taqdiri, oila manfaati va kelajakka bo‘lgan umidlarning ro‘yobi sarhisob qilindi.
Kimdir ish masalasida, kimdir ijtimoiy yordam yoki kommunal muammo bilan murojaat qildi. Eng muhimi — har bir fuqaro o‘z dardi eshitilganini, murojaati e’tiborsiz qolmaganini his qildi. Ayrim masalalar shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab qilgan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, nazoratga olindi.
Inson manfaati — eng oliy qadriyat. Har bir hal etilgan murojaat ortida esa bir insonning yuzidagi quvonch, bir oilaning xotirjamligi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchi mujassam.


