Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish — ustuvor vazifa
2026-06-14 23:00:00 / Majlislar

Sho‘rchi tumani hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida PQ-1 va PQ-2 qarorlari ijrosini ta’minlash, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda hududlarga kuzatuv kameralari o‘rnatish masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Mahallalarda “Xavfsiz hudud” tamoyili asosida videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, aholi gavjum joylarini nazorat qamroviga olish, profilaktika inspektorlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Tadbirda mutasaddilar tomonidan har bir mahallada xavfsiz muhitni shakllantirish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.




