Sho‘rchi tumani Fermerlari kengashi Rayosati a’zolarining MUROJAATI
2026-06-15 10:15:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

G‘ALLA O‘RIM-YIG‘IMINI UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZIB, MO‘L HOSIL OLISHGA ERISHING VA DAVLATGA DON SOTISH MAJBURIYATLARINI UNUTMANG! Sho‘rchi tumani Fermerlari kengashi Rayosati a’zolarining MUROJAATI
Hurmatli fermerlar! Mamlakatimizda lafzi halol dehqon va fermerlarning zahmatli mehnatlari evaziga dalalarda ulkan g‘alla hosili yaratildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan ko‘plab farmon va qarorlar, Siz, aziz dehqon va fermerlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi ulkan yutuqlaringizga mustahkam zamin yaratmoqda. Ayni paytda tumanimizdagi fermer xo‘jaliklari g‘alla o‘rim-yig‘imini uyushqoqlik bilan olib borib, davlat zaxirasiga ortig‘i bilan don topshirmoqda va yetishtirilgan mo‘l hosil evaziga katta daromadga ega bo‘lmoqda. Masalan, Sho‘rchi tumanidagi ko‘plab g‘allachilik fermer xo‘jaliklari hozirning o‘zidayoq har gektar maydondan 100-110 sentnerdan oshirib, yuksak xirmon ko‘tarishga erishdilar. Tumandagi 7 ta fermer xo‘jaligi 100 sentnerdan ortiq hosil olgani tahsinga loyiqdir.
Jumladan, “Shavkat Abduraxmonov” fermer xo‘jaligi joriy mavsumda 28.1 gektar maydonda yetishtirilgan g‘alladan har bir gektardan 100 sentner, “Sho‘rchi Abu Bakir” fermer xo‘jaligi 7.8 gektar maydondan 102 sentner, “Nodirbek M” fermer xo‘jaligi 29.7 gektarda 100 sentner, “Sho‘rchi Parloq Xirmoni” fermer xo‘jaligi 20 gektar maydonda 101 sentner hamda “Aziz Agro Rivoji” fermer xo‘jaligi a’zolari joriy mavsumda 30.3 gektar maydonda yetishtirilgan g‘alladan gektariga o‘rtacha 100 sentnerdan hosil ko‘tarib, davlat xirmoniga belgilangan donni ortig‘i bilan sotishdi va o‘z daromadlarini oshirdilar.
Aziz fermerlar! G‘allachilik borasida yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlardan unumli foydalaning, Prezidentimizning 2026-yil 8-maydagi “G‘o‘za va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-82-sonli farmoni va boshqa qarorlar bilan Siz fermerlarga qator imtiyozlar berildi. Jumladan:
-bug‘doy yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1 avgustiga qadar to‘liq qoplagan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovining 4 foizlik punkt mablag‘lari fermer xo‘jaliklariga qaytarib beriladi;
-2026-yil hosilidan boshlab g‘allani o‘z mablag‘lari yoki tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, uni belgilangan tartibda birja savdolari yoki davlat resursi uchun realizatsiya qilgan qishloq xo‘jaligi korxonalariga mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi;
-2026-yildan bank kreditlarini olmasdan, o‘z mablag‘lari hisobidan yomg‘irlatib sug‘orishni joriy qiladigan fermerlar uchun shartnomalar asosida subsidiyaning 50 foizi oldindan ajratilashi hamda texnologiyalar o‘rnatilib, ishga tushirilgandan so‘ng qolgan 50 foizi to‘lab berilishi yo‘lga qo‘yildi;
-davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyoti bekor qilinib, sohada bosqichma-bosqich bozor tamoyillarini joriy etildi;
-fermer xo‘jaliklariga g‘alla yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘laridan erkin foydalanish hamda xizmat ko‘rsatuvchi va resurs yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlash huquqi berildi;
-donni xarid qilish hamda sotishda birja mexanizmining joriy etilishi kabi imtiyozlar qo‘llanilayotgani tufayli fermerlarning mablag‘lari tejalyapti va iqtisodiy imkoniyatlari oshayapti hamda g‘alladan yuqori hosil olish uchun puxta zamin yaratildi.
Qadrli fermerlar!
Har bir kun g‘animat ekanligini teran his etgan holda quyidagi ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni unutmang!birinchidan, yetishtirgan hosilni qisqa muddatlarda yig‘ishtirib oling, hatto bir kun bo‘lsa-da, o‘rimni kechiktirsangiz, har kuniga bir sentnerdan hosildorlik yo‘qotishingiz mumkin. G‘allani davlat zaxirasiga sotib, zimmadagi majburiyatingizni to‘liq bajarishga erishing va davlat jamg‘armasidan olingan imtiyozli kreditlarni o‘z vaqtida qaytarib, 4 foizli imtiyozga ega bo‘ling;ikkinchidan, har gektar maydondan 100 sentnerdan va undan ortiq hosildorlikka erishib, yuqori daromad oling; uchinchidan, g‘alladan bo‘shagan maydonlarni peshma-pesh somondan tozalab, daromadli va eksportbop ekinlarni ekishni tashkil eting; to‘rtinchidan, mahallangizdagi kam ta’minlangan oilalarga, yoshlarga hamda xotin-qizlarga takroriy ekin ekish uchun yer ajratib, saxovatpeshalik qilishni unutmang; beshinchidan, mamlakatimiz aholisini sifatli non va non mahsulotlari bilan ta’minlashda beminnat hissa qo‘shing. Xalqimizning farovon yashashi va dasturxonimizning to‘kin-sochin bo‘lishi, bozorlarimiz non va non mahsulotlarga to‘la va arzon, turmushimiz yanada farovon bo‘lishi aynan Sizning bugungi g‘alla o‘rimini uyushqoqlik bilan o‘tkazishga va davlat zaxirasiga sotishga bog‘liqligini unutmang. Mamlakatimiz taraqqiyoti va yuksalishiga munosib hissa qo‘shish uchun barchangizni fidoyilik bilan sidqidildan ishlashga chorlaymiz!
Sho‘rchi tumani Fermerlari kengashi Rayosati a’zolari
