Payshanba — yoshlar bilan muloqot va imkoniyatlar kuni
2026-05-14 12:25:00 / Yangiliklar

Sho‘rchi tumanida “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev harbiy xizmatni sharaf bilan o‘tab qaytgan hamda imtiyozli kredit asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar bilan suhbatlashdi.
Uchrashuvda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Tuman hokimi yoshlarning murojaat va takliflarini tinglar ekan, har bir masalaga alohida yondashish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni amaliy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, imtiyozli kredit asosida o‘z faoliyatini boshlashni rejalashtirayotgan yoshlarga tadbirkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, daromadli loyihalarni amalga oshirish borasida tavsiyalar berildi.







