Sho‘rchi tumanida kanalizatsiya tizimini barpo etish loyihasi doirasida aholi bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda
2026-04-30 14:55:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyatida xalqaro hamkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida muhim amaliy ishlar davom etmoqda.
Jumladan, Turkiya davlatining “Art Çevre Teknolojileri / POSEİDON Çevre Sosyal Danışmanlık Mühendislik” kompaniyasi loyihachilari fuqarolar bilan suhbatlashdi.
Suhbatlar davomida kanalizatsiya tizimini barpo etishning aholi turmush sharoitiga ta’siri, ekologik holatni yaxshilash va sanitariya talablariga javob beruvchi infratuzilmani yaratish masalalari haqida so‘z yuritildi.
Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholiga qulay va zamonaviy kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati oshishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.





