Yoshlar orzulari va imkoniyatlar chorrahasidagi uchrashuv
2026-04-11 15:20:00 / Yangiliklar

Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining ertangi kun umidlari bo‘lgan bitiruvchi yoshlari bilan uchrashdi.
Samimiy o‘tgan muloqot davomida kelajak eshigini qoqib turgan yoshlarning orzu-intilishlari, kelgusidagi maqsadlari va kasbiy rejalari haqida suhbatlashishdi. Tuman rahbari yoshlarga faqat diplom emas, balki bilim, intilish va mas’uliyat bilan qurilgan yo‘lgina muvaffaqiyat sari yetaklashini alohida ta’kidladi.
-Yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi aynan shunday bilimli, shijoatli va tashabbuskor yoshlar qo‘lida, - deydi tuman hokimi o‘z so‘zida. -Yangi g‘oyalar bilan olg‘a intilgan, mehnatdan, tashabbusdan qo‘rqmagan, o‘z salohiyatini yurt ravnaqiga bag‘ishlashga har bir yosh albatta maqsadiga erishadi.
Albatta, bilimli va tashabbuskor yoshlar orzu niyatlariga erishib, yurt taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Uchrashuv davomida talabalar ham faollik ko‘rsatib, o‘z fikr va takliflarini bildirishdi. Ochiq va samimiy muloqot barcha ishtirokchilar qalbida katta ishonch uyg‘otdi.









