Yangi bo`g`cha faoliyat boshladi
2026-04-02 11:35:00 / Yangiliklar

Sho‘rchi tumanidagi “Baxshtepa” mahallasida qad rostlagan 90 o‘rinli 50-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Yangi bog‘chaning ishga tushirilishi hududdagi bolajonlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni barkamol avlod sifatida tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Zamonaviy loyiha asosida qurilgan mazkur muassasada barcha qulayliklar mavjud bo‘lib, bolajonlar uchun yorug‘ va keng xonalar, o‘yin maydonchalari, dam olish va ta’lim olish uchun zarur jihozlar bilan jihozlangan.
Ta’lim muassasasida bolalarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ularning sog‘lom ovqatlanishi, xavfsizligini ta’minlash, tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Mazkur bog‘chaning foydalanishga topshirilishi nafaqat bolajonlar, balki ota-onalar uchun ham quvonchli bo‘ldi.







