#So‘z — ochiq_tanlov_ g‘olibiga
2026-04-02 09:30:00 / Yangiliklar

Elbek Ibodullayev: Ishonch va mas’uliyat sari yangi qadam
Mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, malakali va tashabbuskor kadrlarni tanlab olishga alohida e’tibor qaratilayotgani barchamizga ma’lum. Xususan, ochiq tanlovlar orqali munosib nomzodlarni saralab olish tizimi yoshlar va bilimli mutaxassislar uchun keng imkoniyat eshiklarini ochmoqda.
Men ham ana shunday imkoniyatlardan foydalanib, ochiq tanlovda ishtirok etdim. Tanlov jarayonida bilim va ko‘nikmalar, mas’uliyat va intilish asosiy mezon bo‘lgani e’tiborga molik. Mazkur jarayonda ishtirok etishning o‘ziyoq katta tajriba bo‘ldi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Tanlov yakuniga ko‘ra Sho‘rchi tumani hokimi o‘rinbosari bosh mutaxassisi lavozimiga qabul qilinganim esa men uchun ulkan sharaf va ayni paytda katta mas’uliyat yuklaydi.
Albatta, davlat xizmati — bu nafaqat lavozim, balki xalq oldidagi yuksak burch va ishonchdir. Zimmamga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarish, fuqarolar murojaatlariga e’tiborli bo‘lishga menga bildirilgan ishonchni oqlash, o‘z bilim va tajribamni yanada oshirish, doimiy ravishda o‘z ustida ishlash orqali faoliyatimni samarali tashkil etishga harakat qilaman.
Ishonchni oqlash, xalqimiz farovonligi va hududimiz taraqqiyoti yo‘lida munosib mehnat qilish men uchun eng oliy maqsaddir.
