Murojaatlar e’tibor markazida: muammolar manzilli o‘rganilmoqda
2026-03-30 13:40:00 / Yangiliklar

Sho‘rchi tumanidagi "Joyilma" mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabuldan so‘ng "Do‘stlik" mahallasining fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaatlar tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan manzilga chiqib o‘rganildi.
Har bir murojaat ortida insonning dardi, oilaning tashvishi va ertangi kunga bo‘lgan umidi mujassam ekani yana bir bor namoyon bo‘ldi. Shu bois murojaatlar yuzaki emas, balki chuqur mulohaza va mas’uliyat bilan ko‘rib chiqilmoqda.
Manzilli o‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan ijtimoiy-maishiy muammolar, infratuzilmaga oid kamchiliklar hamda kundalik hayotdagi muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish va aholi roziligini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. Zero, xalq dardiga quloq tutish va murojaatlarga amaliy yechim topish — inson qadrini ulug‘lashning eng muhim mezonlaridan biridir.




