bayram tabrigi
2026-03-22 10:55:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyevning Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Assalomu alaykum, aziz va muhtaram tumandoshlar!
Yurtimizda har yili keng nishonlanadigan Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman.
Mahalla — bu xalqimiz uchun azaldan mehr-oqibat, hamjihatlik, o‘zaro yordam va bag‘rikenglik timsoli bo‘lib kelgan muqaddas maskandir. Ayniqsa, mahallalarni rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning muammolarini hal etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarimiz jamiyat hayotida faol ishtirok etib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Sho‘rchi tumanida ham mahallalarni obod qilish, aholining turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarning bandligini ta’minlash, oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
Fursatdan foydalanib, mahalla faollariga, fidoyi oqsoqol va onaxonlarga, mahalla ravnaqi yo‘lida mehnat qilayotgan barcha insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilayman. Mahallalarimiz yanada obod, yurtimiz tinch va taraqqiy topgan bo‘lsin!
Mahalla tizimi xodimlari kuni barchamizga muborak bo‘lsin!
