Payshanba — yoshlar kuni
2026-03-19 10:05:00 / Yangiliklar

Sho‘rchi tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot va ularning muammolarini o‘rganish maqsadida tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev, tuman prokurori Jumanazar Xursanov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Akmal Nazarov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Raximov ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik va hunarmandchilikka keng jalb etish maqsadida ayrim yoshlarga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun zarur bo‘lgan jihozlar topshirildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini yaqindan o‘rganish hamda yoshlar bilan davlat organlari o‘rtasida ochiq va samarali muloqotni ta’minlashga xizmat qiladi.





