Vatanga sadoqat — yoshlar qalbida
2026-03-12 16:05:00 / Yangiliklar

Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyevning muddatli harbiy xizmatni ado etib qaytgan hamda yaqin kunlarda harbiy xizmatga jo‘nab ketishi kutilayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Muloqot avvalida tuman hokimi yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning Vatan himoyasi yo‘lidagi fidoyiligini yuksak qadrlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani ta’kidladi.
Muddatli harbiy xizmatni ado etib qaytgan yigitlar armiyada orttirgan tajribalari, harbiy hayotning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.
-Harbiy xizmat — bu nafaqat burch, balki yuksak sharaf, -deydi harbiy xizmatdan qaytgan Zahiriddin Ergashov -Ochiq muloqot davomida biz yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqidagi ma’lumotlarni eshitib juda xursand bo‘ldim. Oliygohga kirish uchun astoydil o‘qishga, fan sirlarini o‘rganish harakat qilaman. Albatta, o‘zim uchun yaratilgan imtiyozdan oqilona foydalanib, jamiyatda o‘z o‘rnimni topaman.
Sho‘rchi tumani hokimining yoshlar bilan ochiq muloqot davom etmoqda.


