"Turon" maktab teatri tanlovining tuman bosqichi
2026-03-03 11:55:00 / Yangiliklar

Sho‘rchi tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarida o‘qiyotgan 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazilmoqda
–“Bu yilgi "Turon" maktab teatri tanlovi o‘tgan yildagidan juda farq qilmoqda. Ishtirokchilar har bir sahna ko‘rinishlardagi asar mazmuni, uning tarixi bilan chuqur tanishib, namoyish etishga harakat qilishmoqda, - deydi Sho‘rchi tumani ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi mutaxassisi Iqbol Sattarova. -O‘tgan yil bilan solishtirganda, bu yilgi ishtirokchilarning g‘oliblikka bo‘lgan ishtiyoqi ancha yuqori. Bu ularning tayyorgarligidan ko‘rinib turibdi. Bu tanlov o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishtirokchilar “Bizning maktab” nomli tanishtiruv va savol-javob shartida o‘z intellektual salohiyatini namoyish etish, “Teatr – ibratxona” sahna spektakli shartida ma’rifatparvar allomalar, buyuk shaxslar va yozuvchilarning asarlaridagi qahramonlar obrazlarini sahnada teran namoyish qilishga harakat qilishmoqda.
Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi davom etmoqda.









