Qaror ijrosi muhokama qilindi
2026-02-07 08:40:00 / Yangiliklar
PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida

Qaror ijrosi muhokama qilindi
Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev hamda tuman prokurori o‘rinbosari Farruh Tadjiyev ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.
Shuningdek, qarorda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, mahallalar kesimida xavfsizlikni ta’minlash, mas’ul tashkilot va idoralar faoliyatini yanada muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



