Yoshlar bilan ochiq muloqot
2026-01-14 10:35:00 / Yangiliklar

Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlar ta’lim olish, ish bilan ta’minlanish, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan o‘z murojaat va takliflarini bildirishdi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarga keng jalb qilish, iqtidorli hamda tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tuman hokimi yoshlar bilan ishlash ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidlab, mutasaddi tashkilot rahbarlariga bildirilgan muammolarni hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan doimiy muloqotni ta’minlash maqsadida kelgusida ham izchil davom ettirilishi belgilandi.






