Korrupsiya jamiyat kushandasi...
2026-01-13 14:10:00 / “Korrupsiyaga qarshi kurash”

Sho‘rchi tumani prokuraturasi tomonidan korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan, maishiy korrupsiyaga barham berish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ning 1-bo‘lim, 4-bandi ijrosi yuzasidan "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida tuman tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida korrupsiya va jinoyatchilik nafaqat oilaga, balki mahallaga, jamiyatga ma’naviy va moddiy zarar yetkazishi tushuntirilib, har bir fuqaroni amaldagi qonun-qoidalarga amal qilishlari, fuqarolarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jamiyatdagi islohotlarga daxldorlik hissi bilan yashashligi, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi bilan kurashish davr talabi ekanligi tushuntirildi va tibbiyot birlashmasida ish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.





